So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida  kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 5695,8 mln. 

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar oyida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 148,6 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi va Sirdaryo viloyatidagi ulushi 94,9 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilda Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta farzandli boʻlgan ayollar soni 280,6 ming kishini tashkil etgan. Bu esa 2021-yilga nisbatan 16,8 ming kishiga (5,6%) kamaygan.

 2023-yil yanvar oyida Sirdaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 35 854,3 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 229,8 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 117,3 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 95,0 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarildi.

 Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 148 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m ishlar bajarilib,  jami yangi qurilish ishlaridagi ulushi  60,3 % ni tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-fevral holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 166,3 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib (soni 89170 ta), ular sonining so‘nggi yillardagi  dinamikasi quyidagicha:

2023- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 26,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 88,8 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 % bo‘ldi, shundan eng ko‘pi   kichik korxonalar bolib,  21,1 % ni  tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Jizzax viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 48,9 % ni qayd etdi.

2023 - yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 27,3 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022- yilning shu davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 123,5 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.

2023- yilning yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ulushi 0,1 % gacha kamaydi, fizik hajm indeksi esa, 50,3 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 0,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 667,3 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 124,9 tonna mayonez ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 27-fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Guliston Davlat Universiteti talabalariga, boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar oyida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi. Jami qurilish ishlarining   65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obektlarni  yaratishga qaratildi.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar oyida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 8,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi va Sirdaryo viloyatidagi ulushi 5,1 % ni tashkil etdi.