30/11/2023

Joriy yilning 29-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Korrupsiyani birga yengamiz” mavzusida VEB-SEMINAR boʻlib oʻtdi. Seminarda Guliston shahar Adliya boʻlimi bosh yuriskonsulti Jamshid Boirov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzachi tomonidan seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish huquqiy asoslari boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Yigʻilish yakunida xodimlarning fikr-mulohazalari eshitildi va tegishli qaror qabul qilindi.