29/11/2023

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlik xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 50,4 % ga yetdi. Guliston shahri bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida (707,3 mlrd so‘m) ulushi 32,6 % ni tashkil etdi. Bunga mazkur hududda ro‘yxatdan o‘tgan yirik korxonalarning ko‘pligi sabab bo‘lmoqda. Shirin shahrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 51,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi (66,9 mlrd. so‘m) ushbu hududning ulushi 77,2 % ni tashkil etdi.