Idoraviy komissiya tarkibi
|
---|
Yaxyayev S. | Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, komissiya raisi |
Mahkamov B. | Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, komissiya raisining o'rinbosari |
Gaynazarova K. | Bosh yuriskonsult, komissiya kotibi |
Komissiya a’zolari: | |
Minbayeva M. | Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig'i |
Axmedov.S | Kadrlar bo'limi boshlig'i |
Mamatkobilov A. | Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlari bo'limi boshlig'i |
Gadayev A. | Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi boshlig'i |
Mustafakulov T. | Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi |
Isaev H. | Buxgalteriya bo'limi boshlig'i |
Abdullaeva.Sh | Demografiya va mehnat statistikasi bo'limi boshlig'i |
Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari
|
---|
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
- Kompleks chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma`sullarining hisobotini eshitib borish;
- viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- viloyat statistika organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar bo`yicha muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
- amaldagi qonunchilk hujjatlariga muvofiq korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha belgilangan boshqa vazifalarni tizim doirasida ijrosini tashkillashtirish.
Me`yoriy-huquqiy baza
|
---|


Idoraviy komissiya faoliyati to`g`risida
|
---|
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya va poraxo‘rlik” mavzusida seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 11-may kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma, tuman va shahar xodimlariga, “Korrupsiya va poraxo‘rlik” mavzusida seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev, Sirdaryo viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi D.Chuliev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, boshqarma va tuman-shahar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni Sirdaryo viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi D. Chulievga berdi. D.Chuliev 2017-yil 3-yanvarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlovchi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi. Qonunda korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari, ularning bu boradagi vakolatlari, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, ushbu jinoyatga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarraligi kabi tamoyillar mustahkamlab qo‘yilganligi shuningdek pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Seminar yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga D.Chuliev javob berib o‘tdi.
Guliston Davlat Universiteti talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Joriy yilning 11- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Guliston Davlat Universiteti talabalariga, boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Tushuntirish ishlari davomida Universitet talabalariga “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun qanday talablar asosida ishlab chiqilganligi, “Rasmiy statistika” tushunchasini kelib chiqish tarixi, “Rasmiy statistika” qaysi mezonlarga javob berishi kerakligi to‘g‘risida toʻxtalib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berib o‘tdi. Shuningdek talabalarga boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan bukletlar tarqatildi.
Guliston Davlat Universiteti talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Guliston Davlat Universiteti talabalariga, boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish ishlari olib borildi.
Tushuntirish ishlari davomida Universitet talabalariga “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun qanday talablar asosida ishlab chiqilganligi, “Rasmiy statistika” tushunchasini kelib chiqish tarixi, “Rasmiy statistika” qaysi mezonlarga javob berishi kerakligi to‘g‘risida toʻxtalib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berib o‘tdi. Shuningdek talabalarga boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan bukletlar tarqatildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 24-fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma, tuman va shahar xodimlariga, huquqiy bilimlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-816-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmoni va boshqa qonun xujjatlari yuzasidan masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, boshqarma va tuman-shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.
K.Gaynazarova, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Davlat statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, yuqorida keltirib o‘tilgan qonun xujjatlarining mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova javob berib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligining qo‘shma qarori yuzasidan boshqarma xodimlariga seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminar treningni S.Yaxyayev kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi. K.Gaynazarova o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori hamda Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-avgustda 3383-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti”ning mazmuni to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, K.Gaynazarova tomonidan xodimlarga korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga baho berish mezonlar asosida amalga oshirilishi va ushbu mezonlar mazkur uslubiyotning 2-ilovasida keltirilgani qayd etildi. Tegishli tushuntirishlar berilgandan so‘ng xodimlarga korrupsiyaviy xavf-xatar darajasiga baho berish mezonlari asosida tarkibiy bo‘limlar faoliyatini baholab berish taklif etildi.
Jumladan,
Boshqarmaning 1-toifali muxandis-dasturchisi S. Saydalieva tomonidan Ishbilarmonlik muxiti kuzatuvlari va tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi faoliyatiga, Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi faoliyatiga yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkoniyati borligini inobatga olib, “o‘rta” va Narx statistikasi bo‘limi faoliyatiga “past” baholar berildi;
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D. Xasanov mazkur bo‘lim faoliyatida fermer xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘qligini va fermerlarning statistik hisobotlari Markaz orqali kelib tushganligini inobatga olib, korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi past ekanligini qayd etdi.
Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi A. Fatxullaev ushbu bo‘lim faoliyatini korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi bo‘yicha “o‘rta” deb baholadi.
Mavzu yuzasidan boshqalarning ham fikr-mulohazalari eshitildi. Asosan, bo‘limlar faoliyatiga korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi bo‘yicha “o‘rta” baholar ko‘yildi. Ma’ruzachi xodimlar tomonidan berilgan barcha savollariga javob berdi.
Seminar-trening baxslarga boy va qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma xodimlariga, “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Axrorov, boshqarma va tuman-shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Axrorovga berdi.

A.Axrorov, korrupsiya so‘zi qanday tushuncha ekanligi, nimani anglatishini, qanday oqibatlarga olib kelishi haqida shuningdek, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-419 sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari to‘g‘risida, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sahalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilayotganligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni bilan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elktron reestri” yuritilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berdi.

Seminar savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Seminar yakunida xodimlar tomonidan berilgan barcha savollarga A.Axrorov javob berib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma xodimlariga, huquqiy bilimlar kuni doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 6-yanvardagi 01/2-20-12/3-144-sonli xatini ijrosini ta`minlash bo‘yicha masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, boshqarma va tuman-shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.

K.Gaynazarova, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Davlat Davlat statistika qo‘mitasi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova javob berib o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Qonunlarning mazmuni va mohiyati mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 25-aprel kuni Guliston shahar hokimiyatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmuni va mohiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatini Guliston shahar statistika boʻlimi boshligʻi Alisher Qurbonov ochib berdi va soʻzni viloyat statistika boshqarmasi Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi. K.Gaynazarova qonunlardagi tushunchalar, prinsiplari, rasmiy statistika maʼlumotlarini tayyorlovchilar va respondentlarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Davra suhbatida Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi aʼzolari hamda deputatlar ishtirok etdilar.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 28-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma, tuman va shahar xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13- dekabrdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 6-yanvardagi 01/2-20-12/3-144-sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha boshqarma boshlig'i U.Elmuratov raisligida masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi.

K.Gaynazarova tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, ma`ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 martdagi “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-826-son Qonuni, 2023 yil 10 apreldagi “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikast Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘RQ-828-son Qonuni, 2023 yil 18 apreldagi “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3321-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘RQ-830-son Qonuni va boshqa qonun xujjatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini eshitildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi
|
---|
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining faoliyatidagi korrupsiyaviy xafv-xatarlarning xaritasi
|
---|
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p moyil bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati
|
---|