Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari, moliyaviy xizmatlarning ulushi 88,3 %ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 6,8 % oraligʻida qayd etildi. Moliyaviy va sugʻurtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 4,9 %ini tashkil etdi.