So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (oʻrindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 69 072,3 mln. so‘mni (119,0 %) tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablagʻlari hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar ulushi 9,5 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning eksportyorlari soni 95 tani tashkil etib, ular tomonidan 91,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 37,9 % ga koʻpaydi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (oʻrindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 24,2 % ni tashkil etib, bu esa 325,4 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi. O‘sish sur’ati 102,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha 5 546 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023-yil 1-aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 11 401 tani tashkil etib, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1 000 aholiga 17,7 birlikni tashkil qildi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1- aprel holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda eng ko’pi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ularni so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 299,4 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 7,0 % ini tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- aprel holatiga koʻra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 216 birlikni tashkil etib, shundan aynan xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 266 305 birlikni yoki 80,5 % ni egallaydi.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-mart oylarida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 606,9 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi va Sirdaryo viloyatidagi ulushi 95,7 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 293,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 7,3 % ni, ishlab chiqarish hajmi 144,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning 1- aprel holatiga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 12 368 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 171,7 foizni tashkil etdi. Ularning so‘nggi yillar kesimidagi o‘sishi quyidagicha:

Joriy yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Maxkamov tomonidan 4-savdo (YATT) savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kuzatuvlarini sifatli tashkil etish maqsadida, Oqoltin tumaniga biriktirilgan mutaxassisni bilim ko‘nikmasini oshirish maqsadida birgalikda joyiga chiqqan holda tushuntirish ishlari olib borildi.

Joriy yilning 1- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining  o‘rinbosari B.Maxkamov Oqoltin tumani statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi B.Pardayev bilan birgalikda Oqoltin tumanida tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar bilan joyiga chiqqan holda kuzatuv o‘tkazildi.

Qayd etish kerakki, savdo tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1- aprel holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari sonining o‘sish sur’ati 144,2 foizni tashkil etdi.