Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Yaponiyadan Oʻzbekistonga 10 737 nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
2023-yilning 10 oyida Yaponiyadan Oʻzbekistonga kelgan fuqarolarning asosiy safar maqsadlari:
dam olish – 8 940 nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 1 347 nafar;
xizmat yuzasidan – 349 nafar;
boshqa maqsadlarda – 101 nafar.