So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 588,9 tonna plastmassadan qattiq quvurlar (trubkalar va shlanglar) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,9 % ga oshgan.

2023- yilning o‘tgan davrida Sirdaryo viloyatida moliyaviy xizmatlarning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 34,6 % ni tashkil etdi.Taqqoslash uchun: 2022- yilning yanvar oyida moliyaviy xizmatlarning ulushi 38,8 % ni tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O’zbekistonda 2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 432 607 ta bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 429 031 tani tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida, Sirdaryo viloyatida jami 343,5 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 79,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar oyida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 778,1 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,4 % ga yetdi. Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (51,4 foiz) hamda Toshkent viloyati (8,4 foiz) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 2147,1 mln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 103,7 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,2 foiz ulushini tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sishi quyidagicha:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 120 dona mototsikllar (silindrining hajmi 50 kub.sm dan ortiq porshenli ichki yonuv dvigatelli) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 martaga oshgan.

Joriy yilning 24-mart kuni Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi bilan hamkorlikda, boshqarma xodimlari ishtirokida yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

Sirdaryo viloyatida 2023- yilning yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 418 tani tashkil etib, ularning yillar kesimida dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyi yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 769,5 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

2023-yil 1-mart holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 544 tani tashkil etib, ular 2019- yilning mos davriga nisbatan 2 708 taga oshib, o‘sish sur’ati 124,9 foizni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  17,9 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga tuman kesimida eng ko‘p Yakkasaroy tumanida – 74,1   birlik,  Mirobod tumanida 57,7 birlik, Tomdi tumanida 55,6 birlik, Bektemir tumanida 50,9 birlik,  Qorovulbozor tumanida 50,1 birlikni tashkil qildi.

Tahliliy natijalarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Shirin sh. (99,6 %), Sardoba (98,8 %), Oqoltin (96,5 %), tumanlari yetakchilik qilmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilda  kichik tadbirkorlikda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 142611,7 milliard so‘mni tashkil etdi. So‘nggi uch yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining ijobiy o‘sish dinamikasini kuzatamiz. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 1,4 martaga ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin.

Viloyatimizda tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2023-yilning yanvar oyida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2022- yilga nisbatan ulushi 4,2 % ga ko‘paygan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 849,8 ming soʻmga yetdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 105,1 % ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 24,3 % ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: 2022- yilning yanvar oyida 23,6 % ga to‘g‘ri kelgan.