Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 67 685 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 26 156 ta
sanoat sohasida – 11 311 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 7 598 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 436 ta
qurilish sohasida – 3 824 ta
tashish va saqlash sohasida – 3 188 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 267 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 134 ta
boshqa sohalarda – 7 771 tani tashkil etgan.