27/10/2023

Joriy yilning 27-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʻlumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan masofaviy tarzda, videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotida, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan targʻibot materiallari toʻplami (slayd, infografika)dan foydalangan holda tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, 2023-yil 4-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sogʻliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-870, 23-oktabrdagi “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-871-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida gapirib oʻtdi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.