2023- yilning yanvar-sentabrida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 106,7 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 38,6 %), sanoatda – 107,1 % (26,4 %), qurilishda – 100,3 % (7,7 %), xizmatlar sohasida – 103,3 % (27,3 %)ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 107,2 % (4,6 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 109,5 % (3,2 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 101,4 % (19,5 %)dan iborat bo‘ldi.