So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada otlarning umumiy bosh soni 269,1 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 86,5 % to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 2,5 punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 61,3 % ni tashkil etgan holda 135,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 12 250 dona domkratlar (transport vositalarini koʻtarish uchun foydalaniladigan mexanizmlar) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 28,9 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar oyida hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi engyuqori ulushi Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri kelib 21,3 % , Guliston shahri 20,7%, Sayxunobod tumani 13,4 % hamda Xovos tumani 9,9 % ni tashkil etdi. Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (101,2 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Yangiyer shahri, Boyovut tumani, Xovos tumani hamda Oqoltin tumanida qayd etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin – uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi. Ularning dinamikasi esa so֥‘nggi besh yil kesimida quyidagicha:

Barchamizga ma'lumki, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-mart 111-F sonli farmoyishi bilan 2023-yil 18-mart sanasi yurtimizda "Umumxalq xayriya hashari" kuni deb e’lon qilindi.

Ishonchli ma’lumotlarni qamrab olish va to‘plash maqsadida hamda ko‘p sonli tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, shuningdek statistik hisobotlarni onlayn taqdim etish bo‘yicha yangilangan eStat4.0 ...

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatida jami 9 434 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, sugʻurta xizmatlari hajmi 361,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,9 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning fevral oyida oʻsimlik yogʻlari narxida pasayish kuzatildi. Respublika boʻyicha ularning narxlari oʻrtacha 1,6 % ga, shu jumladan, paxta yogʻi 1,9 % ga, kungaboqar yogʻi 1,3 % ga arzonlashdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 440,5 ming juft kalish ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,0 martaga oshgan.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 544 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 360 tani tashkil etgan.

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida oʻz ifodasini topadi. Aholi soni boʻyicha aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini roʻyxatga olish asosida olinadi.

Joriy yilning 17-mart kuni, Davlat statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi U.Madaminov boshchiligida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari B.Maxkamov, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Sh.Abduvaliyevlar bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan Oqoltin tumani, Mustaqillik mahallasi, Samarqand ko‘chasi 1/2 uyda istiqomat qiluvchi Yo‘lchiyev Abduraxmon xonadonida uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi.

2023- yilning o‘tgan davrida chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i 72,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  77 954 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,0 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 77 068 tadir.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 31,3 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5-martaga oshgan.