So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning fevral oyida shaxsiy transport vositalarini yuvish boʻyicha xizmatlar narxlari oʻrtacha 1,0 % ga oshdi.

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyatida jami 13 227 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ro‘yxatdan o‘tgan. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Yangiyer shahri 37,6 % ulush bilan 51,7 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Shirin shahri 0,1 % ulush bilan 0,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning elektrlashtirilgan qismi 1 933,9 kmni tashkil etib, 2017-yil 1-yanvar holatiga (1 353,5 km) nisbatan 580,4 kmga yoki 42,9 %ga oshgan.

2023-yilning 1-mart holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 4 177 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami kichik tadbirkorlik subyektlarining 36,8 foiz ulushini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 300,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 785 ta bo‘lib, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Joriy yilning fevral oyida oʻtgan yilning fevraliga nisbatan sement narxlari 5,5 % ga oshgan.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 17,8 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi va viloyatdagi ulushi 5,2 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlariga ega bo‘lgan tarmoqlari – yo‘lovchi aylanmasida 95,9 % ni, qishloq xo‘jaligida 95,3 % ni, yo‘lovchi tashishda 93,2% ni,chakana savdoda 79,4 % ni, qurlilishda 71,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ulushi 0,1 % gacha kamaydi, fizik hajm indeksi esa, 33,0 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 0,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 110,7 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 62,7 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 95,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 23 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 9,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6,7 ming tonna choy import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 2,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 20 ming dona mobil telefon import qilingan. 

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 68,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-mart holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 17 575 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 53,2 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022- yilning shu davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 125,9 % ni tashkil etdi.