28/11/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy sonining 59,2 foizi yoki 6.832 tasi xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 116 tani yoki ularning umumiy sonining 57,3 foizini tashkil etdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 50,4 foizni, shu jumladan, 20,6 foizni kichik tadbirkorlik va mikrofirmalarning ulushi tashkil etdi.