Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami 659,9 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga 10 oyda dam olish maqsadida tashrif buyurgan eng koʻp davlatlar fuqarolari:
Rossiya – 205,6 ming nafar
Qozogʻiston – 52,7 ming nafar
Tojikiston – 32,4 ming nafar
Turkiya – 32,0 ming nafar
Qirgʻiz Respublikasi – 32,0 ming nafar
Xitoy – 29,7 ming nafar
Turkmaniston - 25,7 ming nafar
Hindiston – 22,7 ming nafar
Germaniya - 21,3 ming nafar
Italiya – 20,6 ming nafar