Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda joriy yilning 1-noyabr holatiga koʻra, sanoat sohasida 109 613 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 %ni tashkil etdi. Ularning so’nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 72 565 ta
2020-yilda – 86 652 ta
2021-yilda – 99 892 ta
2022-yilda – 104 189 ta
2023-yilda – 109 613 ta