So'nggi yangiliklar

2025– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 405,5 mingtani tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2025- yilning yanvar oyida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 395,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,0 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati jahonning 29 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

2025- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 42,0 mlrd so‘mni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 4,9 % ni, 2024- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 107,6 % ni tashkil etdi.

2024- yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 084,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 0,3 % ga o‘sdi.

2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida chet el investisiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 200 tani tashkil etib, ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:

Sigirlar bosh soni bo‘yicha hududlar o‘rtasida sigirlar umumiy bosh sonining eng ko‘p qismi Sayxunobod tumaniga (16,5 %) to‘g‘ri keldi.