10/11/2025

   Joriy yilning 7-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-206-son Farmoni mazmuni va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda boshqarma bosh mutaxassisi G.Joʻrayeva tomonidan ushbu hujjat bilan 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.