O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida ro‘yxatga olish jarayonida ayrim toifadagi shaxslarga, xususan, ularning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish va ularga nisbatan so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblariga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘quv seminar 2026-yilda o‘tkaziladigan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mutaxassislarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.



