Joriy yilning 14-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan PF-6257-son Farmoni va PQ-5177-son qarori hamda 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmonini oʻrganish boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish bosh mutaxassisi S.Axmedov ushbu hujjatlar mazmuni va mohiyati yuzasidan zarur maʼlumotlar berib oʻtdi.






