07/11/2025

   Ushbu o‘tkazilgan seminarda  shahar va tuman hokimlari hamda viloyat statistika boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, mahalla yettiligi va ishchi guruh a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

   Tadbirda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda o‘tkazilishi belgilangan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirining bosqichlari, ahamiyati hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

   O ‘quv seminari davomida ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, savolnomalarni to‘ldirish tartibi va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ham amaliy ko‘rsatmalar berildi.