26/11/2025

      2025-yilning yanvar–oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida jami 5,0 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,5 % ga oshganligi kuzatildi. Bu ko’rsatkich viloyatdagi qurilish sektorida sezilarli o‘sish kuzatilayotganini ko‘rsatadi.

So‘nggi yillar dinamikasi:

2021-yil: 2,2 trln so‘m

2022-yil: 2,6 trln so‘m

2023-yil: 3,3 trln so‘m

2024-yil: 3,6 trln so‘m

2025-yil: 5,0 trln so‘m

     Bu davomiy o‘sish viloyatda infratuzilma rivoji, yangi uy-joylar, ishlab chiqarish maydonlari va xizmat ko‘rsatish obyektlari ko‘payayotganidan dalolat beradi.

     Tuman va shaharlar kesimida ham faollik yuqori: Mirzaobod tumani, Yangiyer shahri, Shirin shahri va Sardoba tumanlarida o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, ayrim hududlarda ko‘rsatkichlar o’tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ko'paygan.