So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimiz tomonidan 232,3 ming AQSH dollari qiymatidagi 257,2 tonna pomidor eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdoning ulushi, savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 64,5 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan chiqindilarni yig‘ish, ishlov berish, yo‘qotish, utilizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlarda 1,6 % ga ko‘paydi. Shuningdek, suvni yig'ish, qayta ishlash va taqsimlash bo‘yicha xizmatlarda 35,2 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmonining mazmun-mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 12- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun tashqi va ichki savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar, ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar jami soni 178 ta bo‘lib, 2024- yilning yanvar - oktabr oyida ushbu sohada 60 ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilib ularning 60 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 24,9 mln AQSh dollarini tashkil etib, importning umumiy hajmidagi ulushi 8,1 % ga yetdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 466,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,7 % ga oshdi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi 454,9 mlrd so‘mni, xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 11,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Joriy yilning 12- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘lim xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar, ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

 Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari ustunlik qildi – 93,4 %. Guliston shahrida transport xizmatlari hajmi 186,8 mlrd soʻmni tashkil etdi. Mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 117,1 % ni tashkil etdi.