Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida jami 112 093 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga ko‘paygan.
Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni:
2018/2019-o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar
2019/2020-o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar
2020/2021-o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar
2021/2022-o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar
2022/2023-o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar
2023/2024-o‘quv yili boshiga – 64 010 nafar
2024/2025-o‘quv yili boshiga – 112 093 nafar