So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- noyabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni  2 004 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,7 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 982 taga to‘gri keldi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida MDH mamlakatlariga 84,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 38,8 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 287,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 242,7 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 102,1 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 769,5 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi. Jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 66,4 % ni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 17,9 % ni, ishlab chiqarish hajmi 1572,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 29- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari S.Yaxyayev raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning huquq va erkinliklari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi S. Axmedov ishga kirish istagini bildirgan nomzodga ochiq mustaqil tanlov toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 10 000 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 9 931 tani tashkil etgan.