13/03/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- mart holatiga O‘zbekistonda 15 503 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ulardan 4 011 tasi qo‘shma korxonalar va 11 492 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar soni quyidagicha:

Xitoy – 3576 ta

Rossiya – 3016 ta

Turkiya – 1 899 ta

Qozog‘iston – 1 082 ta

Janubiy Koreya – 662 ta

BAA – 347 ta

Tojikiston – 329 ta

Hindiston – 316 ta

AQSH – 307 ta

Qirg‘iz R. – 303 ta