So'nggi yangiliklar

Ma’lumot uchun: ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Yangiyer shahri (hududdagi qurilish ishlarining 94,9 %), Sardoba tumani (85,9 %) va Guliston shahriga (85,8 %) to‘g‘ri keldi.  

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6663,7 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 117,3 %) ni tashkil etdi.

2024-yil 10-dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishdan tashqari vaqtlarida unumli foydalanish, madaniy hordiq chiqarish maqsadida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatiriga tashrish buyurishdi. Unda insoniylik tuygʻularini ulugʻlovchi, milliylikni va oʻzlikni anglash kabi gʻoyalari bilan tomoshabinlarni oʻyga toldiruvchi “Inson oʻzing” nomli spektakl namoishi boʻlib oʻtdi.

Viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi  Qonunining mazmuni va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 10-dekabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami 838 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, bundan tashqari 2024- yilning yanvar - oktabr oyida 59 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 2 775,0 mlrd so‘mga yetdi va 2023- yilning mos davriga nisbatan 11,2 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 93,7 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida import hajmi 307,1 mln AQSh dollarini (2023- yilning mos davriga nisbatan 71,3 %) ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Shirin shahrida (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 71,4 %), Xovos tumanida (28,0 %) va Mirzaobod tumanida (20,2 %) qayd etildi.