2025- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 10 874 tani tashkil etib, 80,9 foizini (8 795 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Guliston shahri – 2 673 ta
Sirdaryo tumani – 1 347 ta
Sardoba tumani – 970 ta
Boyovut tumani – 946 ta
Mirzaobod tumani – 912 ta
Guliston tumani – 810 ta
Yangiyer shahri – 788 ta
Sayxunobod tumani – 776 ta
Oqoltin tumani – 704 ta
Xovos tumani – 681 ta
Shirin shahri – 267 ta