20/06/2023

Boshqa hududlar bilan taqqoslaganda, chakana savdo xizmatlarining eng katta ulushi Oqoltin (79,5 %) Mirzaobod (79,1 %) va Xovos tumanlarida (76,1 %), Yangiyer shahrida (73,7 %) kuzatilmoqda.

Sayxunobod tumanida bu ko‘rsatkich nisbatan past. Bu yerda chakana savdo ulushi 42,3 % ni tashkil etdi. Biroq, bu tumanda ulgurji savdoda xizmatlar ulushi (avtomobil va mototsikl savdosidan tashqari) ancha katta – 53,3 % ni tashkil etdi.

Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosidagi xizmatlarning nisbatan yuqori ulushi Oqoltin (11,2 %), Guliston (10,1 %), Xovos (9,9 %), Mirzaobod (9,6 %) tumanlarida qayd etildi.