Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 11 622 103 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 million nafarga yoki 19,4 foizga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p turist tashrif buyurgan TOP-10 davlat:
- Qirg‘iz Respublikasi — 3 180 403 nafar
- Qozog‘iston — 2 703 401 nafar
- Tojikiston — 2 553 147 nafar
- Rossiya — 1 104 057 nafar
- Afg‘oniston — 432 651 nafar
- Xitoy — 430 326 nafar
- Turkmaniston — 289 933 nafar
- Turkiya — 169 553 nafar
- Hindiston — 64 344 nafar
- Germaniya — 50 846 nafar




