Boshqarma tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlament va xalqqa qilgan murojaatida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan asosiy ustuvor yoʻnalishlar mazmuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14 oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Sh.Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabrdagi murojaatida korrupsiyani davlat taraqqiyoti va jamiyat ishonchiga asosiy tahdid sifatida baholab, 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “Favqulodda holat” eʼlon qilgan. Barcha davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosar lavozimi joriy etilishi hamda Hisob palatasi nazorati oʻrnatilishi lozimligini bildirgan.
Maʼruzachi ikkinchi mavzu boʻyicha Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalaridan jamoatchilik va OAV vakillari bilan munosabatlarga, xizmat faoliyatidagi tashqi koʻrinish va kiyinish uslubiga, manfaatlar toʻqnashuvi va boshqalarga oid qoidalariga batafsil toʻxtalib oʻtdi.




