Joriy yilning 13-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1185 va OʻRQ-1186-son Qonunlarini oʻrganish boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan Jinoyat kodeksida “diniy ekstremizm” soʻzlari “ekstremizm” soʻzlariga almashtirilganligi va ekstremizm uchun javobgarlik choralari oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
“Yongʻin xavfsizligi tizimi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan asosan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunda yongʻin auditi xususidagi qoʻshimchalar mustahkamlandi. Uni Favqulodda vaziyatlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlar shartnoma asosida oʻtkazadi, ijobiy xulosa olinganda esa davlat yongʻin nazorati organlari bir yil davomida obyektni tekshirmaydi, tezkor tekshiruvlar bundan mustasno.





