Joriy yilning 23-oktabr kuni boshqarma tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 106-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom” va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1182-son Qonuni muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Namunaviy nizom davlat organlari va tashkilotlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. OʻRQ-1182-son Qonuni bilan daxlsizlik va immunitetdan foydalanadigan shaxslar toifalari ajratib koʻrsatilgan. Daxlsizlikka va immunitetga oid kafolatlarni buzganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Oʻquv mashgʻuloti davomida ushbu toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berildi.





