Joriy yilning 16-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilinganligi, Konstitutsiya 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iboratligi, uning asosiy prinsiplari - davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosat haqida batafsil gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti jarayonida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob olishdi.