2023-yilning 1-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 577 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 11,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 544 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Guliston shahri – 349 ta
Sirdaryo tumani – 216 ta
Mirzaobod tumani – 161 ta
Boyovut tumani – 144 ta
Yangiyer shahri – 139 ta
Sayxunobod tumani – 140 ta
Xovos tumani – 105 ta
Guliston tumani – 105 ta
Sardoba tumani – 85 ta
Oqoltin tumani – 78 ta
Shirin shahri – 55 ta