19/06/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 7 ta xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.

2023-yilning 4 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Rossiya – 330 tonna

Qozogʻiston – 127,2 tonna

Qirgʻiz R. – 16,4 tonna

Litva – 8,6 tonna

Fransiya – 7,4 tonna