19/06/2023

2023- yilning yanvar-aprel oylarida, Sirdaryo viloyatida transport xizmatlarining yuqori o‘sishiga Sayxunobod (103,8 %), Boyovut (103,1 %), Sirdaryo (103,0 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining biroz pasayish sur’ati Sardoba (102,0 %) va Xovos (100,7 %) tumanlarida qayd etildi.

Transport xizmatlarining ko‘rsatilgan eng yuqori ulush ko‘rsatkichlari Guliston (24,0 %) va Yangiyer (16,0 %) shaharlarida, Sirdaryo (20,3 %) tumaniga to‘g‘ri keldi. Eng past ulush ko‘rsatkichi Shirin shahrida (1,6 %) qayd etildi.