16/06/2023

Joriy yilning 16-iyun kuni Viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oyani keng targ‘ib qilish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.