15/06/2023

2023- yilning yanvar-aprel oylarida hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri kelib 20,9 %, Guliston shahri 20,2 %, Yangiyer shahri 13,1 %, Boyovut tumani 11,2 % hamda Sayxunobod tumani 9,0 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (122,1 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Yangiyer shahri (436,2 %), Oqoltin tumani (194,7 %), Guliston tumani (187,0 %) hamda Boyovut tumanida (148,6 %) qayd etildi.