2023-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 745 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 1 368 tani tashkil qildi (ulushi 9,9 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Guliston shahri – 468 ta
Boyovut tumani – 157 ta
Guliston tumani – 138 ta
Sirdaryo tumani – 123 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 593 ta
sanoat sohasida – 147 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 146 ta
qurilish sohasida – 141 ta