2023– yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Guliston tumanida (17,6 %), Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Yangiyer shahrida (97,6 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Guliston shahrida (50,0 %) qayd etildi.
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Shirin shahrida (0,0 %), Yangiyer shahrida (1,4 %), Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining eng kam ulushi Guliston shahrida (48,6 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Oqoltin (0,4 %) tumanida qayd etildi.