Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasining ulushi 2,6 % ni tashkil etib, 36 654,2 mln. so‘mga yetdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 88,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.