Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 596 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-may oyida bu sohada 629 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Hududlar kesimida ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahri – 2 005 ta
Farg‘ona viloyati – 1 165 ta
Andijon viloyati – 979 ta
Samarqand viloyati – 974 ta
Toshkent viloyati – 865 ta
Qashqadaryo viloyati – 790 ta
Buxoro viloyati – 780 ta
Namangan viloyati – 678 ta
Xorazm viloyati – 589 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. – 465 ta
Surxondaryo viloyati – 438 ta
Navoiy viloyati– 347 ta
Jizzax viloyati – 327 ta
Sirdaryo viloyati – 194 ta