06/06/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning may oyida bodring narxlari aprel oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 19,7 % ga arzonlashgan.

Bodring narxlari 2023-yil boshidan buyon oʻrtacha 54,7 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

2023-yilning may oyida oʻtgan oyga nisbatan:

Pomidor narxlari - oʻrtacha 20,5 % ga arzonlashgan.

Baqlajon narxlari - oʻrtacha 25 % ga arzonlashgan.

Sabzi narxlari - oʻrtacha 3 % ga oshgan.

Piyoz narxlari - oʻrtacha 12,1 % ga arzonlashgan.

Kartoshka narxlari - oʻrtacha 0,5 % ga arzonlashgan.