02/06/2023

Joriy yilning 2-iyun kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Kelajak uchun kitob o‘qiymiz” shiori ostida navbatdagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi.

Tizim xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu ma`naviyat soatida boshqarma boshligʻining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev soʻzga chiqib, Statistika agentligi tizimida  kitobxonlikni rivojlantirish bilan zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ish unumdorligini oshirish va xodimlar ma’daniyatini yuksaltirish bo‘yicha Agentlikni 2023-yil 8-fevraldagi 6-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasida ham ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil etilganligini, unda xodimlar uchun “Kelajak uchun kitob o‘qiymiz” shiori ostida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va kitob o‘qish ma’daniyatini shakllantirish maqsadida sohaviy, adabiy, tarixiy, rahbarlik, liderlik qobilyatini rivojlantiruvchi, shaxsiy kamolotga yetaklovchi kitoblar mavjud bo‘lib, boshqarmada xodimlarning kitob o‘qishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Davra suhbati davomida boshqarmaning ma’naviy ishlar bo‘yicha ma’sul xodimasi G.Ismoilova so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi va  xodimlarga boshqarma kutubxonasiga yangi olingan kitoblar to‘plami  bilan tanishtirdi.

G.Ismoilova yozuvchi Yorqin Abdullayevning “Osuda yashashning 99 siri” nomli 27 jildli kitoblar to‘plamini xodimlarga tanishtirib, yozuvchi o‘z asarlarida buyuk ajdodlarimiz  va jahon mutafakkirlarining hayoti va ijod yo‘lini ibrat maktabi sifatida targ‘ib etish, xalqimiz, xususan, yoshlarimiz tafakkurini Qur’on va sunnat hamda umumbashariy va milliy qadriyatlarimiz asosida kamol toptirish, o‘tmish va bugun, dunyoviy va uxraviy ilmlar o‘rtasida ko‘prik qurib, ularda mustaqilligimizga nisbatan iftixor va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishni maqsad qilib qo‘yganligini, uning “Rozimanmikan mendan hayotim”, “Statistika: maktab yaratgan olim”, “Ilm va osudalik”, “Farzand tarbiyasi va osudalik” kabi asarlarida buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin deya ta’kidlab o‘tdi. 

Davra suhbati savol-javob va munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.