02/06/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 36,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 89 mingta konditsioner import qilingan.

Konditsioner importi 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 908 taga oshgan.

Oʻzbekiston 4 oyda eng koʻp konditsioner import qilgan davlatlar:

Xitoy – 86,5 ming dona

Turkiya – 962 dona

Tayvan – 270 dona

Chexiya – 262 dona

Germaniya – 174 dona

Fransiya – 161 dona

Italiya – 143 dona