Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 61 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 72 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti hajmi oʻtgan 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 16 ming tonnaga kamaygan.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 32,2 ming tonna
Xitoy – 12,4 ming tonna
Latviya – 11,4 ming tonna
Rossiya – 7,7 ming tonna
Qozogʻiston – 4,6 ming tonna
Gruziya – 1,2 ming tonna
Buyuk Britaniya – 907,5 tonna
Niderlandiya – 557 tonna
Portugaliya – 371,3 tonna