Joriy yilning 29-may kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmuni va mohiyati mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova statistika maʼlumotlari, ulardan foydalanish tartibi, rasmiy statistika maʼlumotlarini tayyorlovchilar va respondentlarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.
Ushbu seminar-treningda Guliston shahar statistika boʻlimi boshligʻi A.Qurbonov, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va deputatlar ishtirok etishdi.