25/05/2023

Joriy yilning 25- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Maxkamov, Sardoba tumani statistika bo‘limi boshlig‘i J.Xajiboyev bilan birgalikda, Sardoba tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4–xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvini o‘tkazdi.

Kuzatuv davomida bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.