23/05/2023

Joriy yilning 23- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi bosh mutaxassisi Q.Maxkamov bilan birgalikda uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Guliston shahar Obod yurt MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan 14-uy 18-xonadonda istiqomat qiluvchi respondent Xaydarova Zineb bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.